Ushbu Kodeks maqsadida, agar ushbu bo'limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, bitimlarning narxlari, ushbu bitimlar taraflarining daromadlari va xarajatlari quyidagi hollarda bozor narxlari deb e'tirof etiladi:
1) mustaqil shaxslar o'rtasidagi bitimlar;
2) O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq o'tkazilgan birja savdolarining natijalariga ko'ra tuzilgan bitimlar;
3) monopoliyaga qarshi organning ko'rsatmalariga muvofiq (tartibga solinadigan narxlar qo'llaniladigan bitimlar uchun ushbu Kodeksning 179-moddasida nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda) narxlari belgilangan bitimlar;
4) narxlari ushbu Kodeksning 25-bobida nazarda tutilgan narxni belgilash to'g'risidagi kelishuviga muvofiq belgilangan bitimlar.
Nazorat qilinadigan bitimlarda bitimning narxi, agar O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan buning aksi isbotlanmagan bo'lsa yoki soliq to'lovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq (zarar) summalariga mustaqil tuzatish kiritishni amalga oshirmagan bo'lsa, bozor narxi deb topiladi.
Agar ushbu Kodeksning Maxsus qismida soliq solish maqsadida ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lash masalalari bo'yicha tovarning (xizmatning) narxini yoki bitim taraflarining daromadlarini (xarajatlarini) aniqlashning boshqacha qoidalari belgilangan bo'lsa, ushbu Kodeksning Maxsus qismi qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
178-modda. Bozor narxlari to'g'risidagi umumiy qoidalar
(178-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.