Soliq kodeksi

175-modda. O'zaro kelishuv tartib-taomili

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi ushbu Kodeksning 174-moddasi o'n beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan e'tirozlar va materiallar olinganidan keyin o'zaro kelishuv tartib-taomilini o'tkazish tashabbusi bilan chiqadi. O'zaro kelishuv tartib-taomili asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi va e'tirozlarni taqdim etgan yuridik shaxs (uning vakili) ishtirokida, soliq organi tomonidan taqdim etilgan e'tirozlar va boshqa materiallar olingan kundan e'tiboran bir oy ichida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi rahbari (rahbarining o'rinbosari) tomonidan o'tkaziladi. O'zaro kelishuv tartib-taomili natijalariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi asoslantirilgan fikr o'zgartirilganligi yoki o'zgarishsiz qoldirilganligi to'g'risida yuridik shaxsni xabardor qiladi. Asoslantirilgan fikrni o'zgartirish yoki o'zgarishsiz qoldirish to'g'risidagi bildirishnomani O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi rahbari (rahbarining o'rinbosari) imzolaydi. Bildirishnoma u tuzilgan kundan e'tiboran uch kun ichida yuridik shaxsga beriladi yoki yuboriladi. Asoslantirilgan fikrni o'zgartirish yoki uni o'zgarishsiz qoldirish to'g'risidagi bildirishnoma olingan kundan e'tiboran bir oy ichida yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud bo'lgan taqdirda) ilova qilgan holda xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.