Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror, agar ushbu Kodeksning 159¹-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa o'ziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga (shaxsning vakiliga) berilgan kundan e'tiboran bir oy o'tgach kuchga kiradi.
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha qaror u qabul qilingan kundan e'tiboran ikki kun ichida o'ziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga (uning vakiliga) imzo qo'ydirib berilishi yoki olingan sana to'g'risida dalolat beruvchi boshqa usul orqali topshirilishi kerak.
Agar qarorni berish yoki u olingan sana to'g'risida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirish imkoni bo'lmasa, u yuridik shaxsning (alohida bo'linmaning) joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi bo'yicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Qaror pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda buyurtma xat yuborilgan kundan e'tiboran beshinchi kun u berilgan sana deb hisoblanadi.
Soliq organining qarori ustidan shikoyat berilgan taqdirda, mazkur qaror ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
O'ziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxs qaror kuchga kirguniga qadar uni to'liq yoki qisman ijro etishga haqli. Bunda shikoyatning berilishi shaxsni kuchga kirmagan qarorni to'liq yoki qisman ijro etish huquqidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
160-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qarorning kuchga kirishi
(160-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.