Soliq kodeksi

159-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qaror qabul qilish

(159-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ushbu Kodeksning 158-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko'rib chiqish natijalari bo'yicha soliq organining rahbari (rahbar o'rinbosari), agar ushbu Kodeksning 159¹-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni (bundan buyon matnda soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha qaror deb yuritiladi) qabul qiladi: 1) soliqlar va penyalar qo'shib hisoblash yoki buni rad etish; 2) soliq to'lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to'g'risidagi qarorda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma'lumotlarga, o'ziga nisbatan tekshiruv o'tkazilgan shaxs tomonidan o'z himoyasi uchun keltiriladigan vajlarga hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalariga havola qilgan holda, o'tkazilgan soliq tekshiruvida qanday belgilangan bo'lsa, shunday bayon etiladi. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to'g'risidagi qarorda ushbu Kodeksning shu huquqbuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va qo'llaniladigan javobgarlik choralari ko'rsatiladi. Soliqlarni qo'shib hisoblashni nazarda tutuvchi qarorda, agar soliqlarga oid qarzdorlik tekshiruv jarayonida aniqlangan bo'lsa, soliqlarga oid aniqlangan ushbu qarzdorlik miqdori va tegishli penyalar summasi ko'rsatiladi. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni rad etishni nazarda tutuvchi qarorda bunday rad etish uchun asos bo'lgan holatlar bayon etiladi. Soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha qarorda o'ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs ushbu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli bo'lsa, o'sha muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish tartibi ko'rsatiladi. Agar soliq auditi jarayonida soliq organining qarori asosida ortiqcha qaytarilgan soliq summasi aniqlangan bo'lsa, soliqlar summalarini qo'shib hisoblash to'g'risidagi qarorda mazkur summa ushbu soliq bo'yicha soliq qarzi deb e'tirof etiladi. Ushbu soliq summasi soliq to'lovchiga qaytarilgan taqdirda, u mablag'larni haqiqatda olgan kundan e'tiboran, soliq summasi hisobga o'tkazishga qabul qilingan taqdirda esa — ushbu soliq summasi hisobga olishga qabul qilingan kundan e'tiboran ushbu summa soliq qarzi deb e'tirof etiladi. Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha qaror qabul qilinganidan keyin soliq organining rahbari (rahbari o'rinbosari) ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ushbu qarorning ijrosi uchun ta'minlash choralarini ko'rishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.