Zarur bo'lgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun tarjimon jalb etilishi mumkin.
Ishning natijasidan manfaatdor bo'lmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoki kar yoxud soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs tarjimonlik qilishi mumkin.
Shaxsning tarjimon sifatida jalb qilinishi soliq organi va tarjimon o'rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tarjimon soliq organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan kelishi va o'ziga topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
152-modda. Tarjimonning ishtiroki
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.