Bevosita soliq tekshiruvini o'tkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari o'rinbosarining) ushbu shaxsning soliq tekshiruvini o'tkazish to'g'risidagi buyrug'i (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini o'tkazuvchi mansabdor shaxslari ko'rsatilgan ob'yektlar to'g'risidagi aniq ma'lumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan ma'lumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish ob'yektlarini ko'zdan kechirishni o'tkazishi mumkin.
Soliq organlarining soliq tekshiruvini o'tkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur hududlarga yoki binolarga (bundan turar-joy binolari mustasno) kirishiga to'sqinlik qilingan taqdirda soliq organining mansabdor shaxsi o'zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnomani tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs to'g'risida o'zida mavjud bo'lgan ma'lumotlar yoki xuddi shunday soliq to'lovchilar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Tekshirilayotgan shaxs ko'rsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.
Soliq tekshiruvini o'tkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining turar-joy binolariga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xoxishiga qaramay yoki xoxishiga qarshi qonunda yoki sudning qarori asosida belgilangan hollardan boshqacha tarzda kirishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq to'lovchining hududiga kirishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.