Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq organlarida hisobga qo'yilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qo'yish ushbu Kodeks u yoki bu soliqni to'lash majburiyatining paydo bo'lishini bog'laydigan holatlar mavjudligidan qat'i nazar amalga oshiriladi.
Soliq organlarida hisobga qo'yish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq to'lovchi sifatida hisobga qo'yish ularga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq to'lovchi hisobga qo'yilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.
O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat ro'yxatidan o'tkazish chog'ida u bir vaqtning o'zida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qo'yilgan holda berilgan davlat ro'yxatidan o'tkazilganlik to'g'risidagi guvohnoma soliq to'lovchining hisobga qo'yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq to'lovchining identifikatsiya raqami to'g'risidagi guvohnoma soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Soliq to'lovchilarni hisobga olish ma'lumotlari asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi soliq to'lovchilarining yagona reyestrini yuritadi.
O'zbekiston Respublikasi soliq to'lovchilarining yagona reyestrida mavjud bo'lgan ma'lumotlarning tarkibi hamda reyestrni yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to'lovchi to'g'risidagi ma'lumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq organida hisobga qo'yilgan paytdan boshlab soliq siridir.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
126-modda. Soliq to'lovchilarni hisobga olish to'g'risida umumiy qoidalar
(126-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.