Soliq kodeksi

117-modda. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnomani yuborish tartibi va muddatlari

Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma soliq to'lovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma soliq to'lovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan e'tiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha aniqlangan soliq qarzini uzish to'g'risidagi qaror kuchga kirgan sanadan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak. Ushbu Kodeks 116-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnomalar boshqa shaxslarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma olingan sanadan e'tiboran ko'rsatilgan boshqa shaxslar ushbu talabnomani bajarish qismida soliq qarziga ega bo'lgan soliq to'lovchilarga tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.