Soliq kodeksi

113-modda. Banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorlarning banklar tomonidan bajarilishi tartibi

(113-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон)

Soliq organining soliq to'lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi qarori bank tomonidan so'zsiz bajarilishi lozim. Soliq organining qaroriga ko'ra hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalar to'xtatib turilishi oqibatida soliq to'lovchi (soliq agenti) ko'rgan zarar uchun bank javobgar bo'lmaydi. Agar ushbu Kodeksning 111-moddasi birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq to'lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish bank soliq to'lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risida soliq organining qarorini olgan kundan e'tiboran, to soliq organining ushbu to'xtatib turishni bekor qilish to'g'risidagi qarori olinadigan kunga qadar amal qiladi. Soliq to'lovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi qaror bankka elektron shaklda yuborilganda bank ushbu qarorni olgan sana va vaqt O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda belgilanadi. Agar soliq to'lovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi qaror qabul qilinganidan so'ng soliq to'lovchining (soliq agentining) nomi va (yoki) uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar to'xtatib turilgan bankdagi hisobvarag'i rekvizitlari o'zgarsa, mazkur qaror bank tomonidan o'z nomini o'zgartirgan soliq to'lovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari o'zgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi shart. Soliq to'lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risida soliq organi yoki sudning qarorini olganidan keyin banklar ushbu soliq to'lovchiga (soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar ochishga haqli emas, bundan qonunchilikka muvofiq undiruv yo'l qo'yilmaydigan hisobvaraqlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.