Shaharsozlik kodeksi

83-modda. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish

(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 83-модданинг учинчи қисмининг чиқарилиш санаси 2025 йил 8 май — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)

Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish byudjet tizimi byudjetlarining mablag'lari, buyurtmachilarning o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'lari hisobidan, yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushli ishtirok etishi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish quyidagi hollarda byudjet tizimi byudjetlarining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi: ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda, kompleks muhandislik qidiruvlarini o'tkazishda, mikroseysmik hududlashtirish xaritalarini tuzishda va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o'tkazishda; shaharsozlik faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda; favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda. Agar hududni shaharsozlik jihatidan o'zlashtirish davlat manfaatlariga, ikki va undan ortiq viloyatning manfaatlariga yoki aholi punktlari guruhlarining manfaatlariga daxldor bo'lsa, byudjet mablag'laridan boshqa shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari har yilgi qurilishlarning manzilli ro'yxatlarini shakllantirishda aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o'tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish xaritalarini, tabiatni muhofaza qilishning hududiy kompleks tarhlarini tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalarining amalga oshirilishi monitoringi ishlab chiquvchilar tomonidan o'tkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan o'tkazilishini mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.