Binolardan foydalanish sharoitlarini o'zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo'qotishlar o'rnini imkoni boricha to'ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o'zgartirish bilan bog'liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui ob'yektlarni rekonstruktsiya qilishdir.
Ob'yektlarni rekonstruktsiya qilish, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar o'rnida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirgan holda yangi ob'yektlar qurish uchun ruxsatnomalar aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish to'g'risidagi shaharsozlik hujjatlari asosida sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yong'in nazorati organlari bilan kelishuvga ko'ra maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo'linmalari tomonidan beriladi.
Aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish to'g'risidagi shaharsozlik hujjatlari mavjud bo'lmagan taqdirda ruxsatnomalar berish masalalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.
Ob'yektlarni rekonstruktsiya qilishda, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar o'rnida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirgan holda yangi ob'yektlar qurishda buyurtmachilar zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan majburiyatlar yuklanadi.
lex.uz’dagi asl matn80-modda. Ob'yektlarni rekonstruktsiya qilish jarayonida yer uchastkalariga, bino va inshootlarga qo'yiladigan talablar
(80-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.