Shaharsozlik kodeksi

77-modda. Tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siriga duchor bo'lgan hududlarda shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish

Yo'l qo'yiladigan eng yuqori kontsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yo'l qo'yiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi va xo'jalik faoliyatini amalga oshirish inson hayoti hamda sog'lig'iga tahdid tug'dirayotgan bo'lsa, konservatsiya qilinishi va ularga maxsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni sog'lomlashtirish usuliga qarab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funktsional maqsadi belgilanishi mumkin. Aholi punktlari hududlarining xavfsizligi kontseptsiyasini amalga oshirish maqsadida fuqaro muhofazasi talablariga, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek terrorchilik harakatlariga qarshi kurashish talablariga rioya etilgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chora-tadbirlari ko'riladi. Shaharsozlik faoliyati ob'yektlarida alohida tartibga solishni joriy etish muddatlari shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Alohida tartibga solish rejimi amalda bo'lgan davrda shaharsozlik faoliyati ushbu Kodeksning 74-moddasida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.