Alohida tartibga solinishi lozim bo'lgan shaharsozlik faoliyati ob'yektlari umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik bo'lishi mumkin.
Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim, agar:
hududlar hamda aholi punktlari tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siriga duchor bo'lgan bo'lsa;
hududlar yo'l qo'yiladigan eng yuqori kontsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo'l qo'yiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha miqdorlarda radioaktiv moddalar bilan ifloslangan bo'lsa;
shaharsozlik faoliyati muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotgan bo'lsa.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlari jumlasiga quyidagilar ham kiritilishi mumkin:
muhofaza etiladigan noyob landshaftlarga ega hududlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
kurort uchun mo'ljallangan hududlar;
rekreatsiya uchun mo'ljallangan hududlar;
maxsus iqtisodiy zonalarning hududlari;
kichik sanoat zonalarining hududlari;
suv resurslarining muhofaza zonalari;
Toshkent shahri hududi;
Nukus shahri hududi;
viloyatlarning ma'muriy markazlari bo'lgan shaharlar hududlari;
Toshkent va Nukus shaharlariga, viloyatlar va tumanlarning ma'muriy markazlariga tutash zonalar;
madaniy meros ob'yektlari mavjud bo'lgan aholi punktlari;
kurort aholi punktlari;
qo'riqxona aholi punktlari;
turistik salohiyatiga ega bo'lgan aholi punktlari;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo'lgan aholi punktlari;
hayot faoliyatining alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy ob'yektlar va boshqa rejimli hududlar, davlat qo'riqxonalarining hududida hamda boshqa qo'riqlanadigan tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari).
lex.uz’dagi asl matn75-modda. Alohida tartibga solinishi lozim bo'lgan shaharsozlik faoliyati ob'yektlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.