Shaharsozlik kodeksi

58-modda. Hududlarni qurish loyihalari

Hududlarni qurish loyihalari belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari chegaralarida batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida ishlab chiqiladi. Hududlarni qurish loyihalarida: qurishni tartibga solish chiziqlari; binolar va inshootlarning joylashuvi, qavatlari soni, turi hamda boshqa tavsiflari; qurishning arxitektura yechimi; muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlari, shuningdek mazkur tizimlarni yer uchastkalari, massivlar, mavzelar, kichik dahalar va aholi punktlarini rejalashtirish tuzilmasining boshqa elementlari doirasidan tashqaridagi muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlarining inshootlari va kommunikatsiyalariga ulash shartlari; transport vositalari va piyodalar harakatining tashkil etilishi; umumiy foydalanishdagi hududlar belgilanadi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarni qurish loyihalariga ushbu Kodeksga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid bo'lmagan, mahalliy sharoitlarga muvofiq qo'shimcha talablarni, shu jumladan madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish zonalarida loyihalashtirish va qurilishga, hududlarni ko'kalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arxitektura ob'yektlarini, reklamalarni, peshlavhalarni va boshqa axborotni joylashtirishga doir talablarni kiritishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.