O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini O'zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros ob'yektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
qishloq xo'jaligiga va o'rmon xo'jaligiga mo'ljallangan hududlar;
ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo'lgan hududlar;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siriga duchor bo'lgan hududlar;
foydali qazilmalar joylashgan hududlar;
o'ziga nisbatan shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari va shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur hududlardan foydalanishga doir cheklovlar belgilangan hududlar;
O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha yechimlari O'zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo'shni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo'yicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallab ishlab chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ko'p maqsadli strategik hujjatdir:
aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimi davlat tomonidan tartibga solinishini ta'minlash;
hududlarning joriy holatini, salohiyatini aniqlash, o'zaro bog'liqlik maqsadlarini va o'ziga xos xususiyatlarini belgilash;
arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish;
loyihalashtirish topshirig'ini ishlab chiqishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini asos sifatida belgilash.
lex.uz’dagi asl matn49-modda. O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi
(49-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.