Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida ko'rsatilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
moliyalashtirish manbalaridan qat'i nazar, ob'yektlarni shaharsozlik hujjatlarini bir vaqtning o'zida (parallel ravishda) ishlab chiqqan holda qurish va rekonstruktsiya qilish;
qurilishning borishiga va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish jarayoniga tegishli vakolatlarga ega bo'lmagan shaxslarning aralashishi;
sel va ko'chki xavfi mavjud bo'lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish;
shaharlar va shaharchalarda qurilishi tugallangan mavzelar, ko'p qavatli turar joy kichik dahalarining (dahalarning) hududida aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmati ko'rsatish hamda bozor infratuzilmasining alohida turgan ob'yektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish;
ko'p qavatli uylarni qurish uchun mo'ljallanmagan yer uchastkalarida bunday turdagi qurilishlarni amalga oshirish;
shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini o'tkazmay qurilayotgan va mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan ikki qavatdan yuqori bo'lgan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko'paytirish (ustki qavat qurish);
umumiy foydalaniladigan ko'kalamzorlar hududlari va ob'yektlarida qurilish ob'yektlarini (shahar o'rmonlari, o'rmon-bog'lar, istirohat bog'lari, xiyobonlar, bog'lar, sayilgohlar) joylashtirish, bundan obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasi va metropoliten ob'yektlari mustasno.
Ob'yektlarni bir vaqtning o'zida (parallel ravishda) loyihalashtirgan holda qurish mudofaa qobiliyati va davlat xavfsizligini, aholining hayoti va sog'lig'i xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq istisno hollarda, moliyalashtirish manbalari mavjud bo'lganda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn47-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda ro'yobga chiqarishdagi taqiqlar va cheklovlar
(47-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-950-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/950/0672-сон — 2024 йил 1 декабрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.