Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlab chiquvchilar tomonidan shartnoma, buyurtmachi tomonidan beriladigan loyihalashtirish topshirig'i, boshlang'ich-ruxsat beruvchi hujjatlar va muhandislik-texnik qidiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir topshiriqlar quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo'yicha;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli vazirliklar, idoralar bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo'yicha;
tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo'yicha;
maxsus vakolatli davlat organi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlarida, 4-bandida (ularning ishlab chiqilishi byudjet tizimining byudjetlar mablag'lari hisobidan moliyalashtirilganda), 5-bandida (byudjet tizimining byudjetlar mablag'lari hamda hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan noyob va alohida muhim davlat ahamiyatiga molik ob'yektlar bo'yicha) nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo'yicha;
maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo'linmalari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 4-5-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari bo'yicha (ularning ishlab chiqilishi byudjet tizimining byudjetlar mablag'lari hisobidan moliyalashtirilganda).
Shaharsozlik hujjatlari quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralar va ularning hududiy bo'linmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan;
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralarning hududiy bo'linmalari vakillari ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan.
Shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaharsozlik hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olinishi lozim.
Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va davlat yong'in nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa ular huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.
Shaharsozlik hujjatlari ushbu Kodeksda belgilangan vakolatlarga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga o'zgartirishlar ushbu hujjatlarni tasdiqlagan organning yoki buyurtmachining qaroriga binoan kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn45-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash
(45-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.