Shaharsozlik kodeksi

40-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi ushbu rejalarning yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan o'rganilishini hamda baholanishini nazarda tutadi. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik nazorati sub'yektlarining tashabbusiga ko'ra va jamoatchilik muhokamasini o'tkazuvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga jamoatchilik ekspertizasini o'tkazish zaruratini asoslagan holda bergan arizasi asosida o'tkaziladi. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasini o'tkazishga doir ariza jamoatchilik muhokamasi o'tkazilganidan keyin o'n besh kun ichida shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinadi. Jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik asosida, jamoatchilik nazorati sub'yektlarining mablag'lari, homiylik mablag'lari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi natijalari bo'yicha yakuniy hujjat tayyorlanib, u shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga va buyurtmachiga taqdim etiladi. Aholi punktlari bosh rejalarining buyurtmachilari aholi punktlari bosh rejalari jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatiga doir javoblarni ushbu hujjatni tasdiqlash to'g'risida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi. Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to'g'risida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organi o'tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bilan bir qatorda jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatida keltirilgan tavsiyalarni hisobga oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.