Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi (bundan buyon matnda Inspektsiya deb yuritiladi) hamda uning hududiy inspektsiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspektsiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Inspektsiya va hududiy inspektsiyalar o'z vakolatlari doirasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo'linmalariga shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi;
binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta'sir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini to'xtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo'yicha kamida ikkita ko'rsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini to'xtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish to'g'risidagi da'vo bilan sudga murojaat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati ob'yektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan mutanosib muddatlarini, lekin ko'pi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish to'g'risidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
shaharsozlik faoliyati ob'yektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta'sir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruktsiyalari hamda buyumlari qo'llanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruktsiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qo'llashni to'xtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
qurilayotgan ob'yektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qo'llaniladigan qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo'lishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek texnik va mualliflik nazorati yuritilishi ustidan tanlab o'tkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi;
shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ma'muriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi;
o'z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan materiallarni, ma'lumotlar va axborotni vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so'raydi va oladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaxassislarini davlat nazorati tartibida o'tkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi;
qurilish ob'yektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish bo'yicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga konstruktsiyalarning ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qo'yish, poydevorlar ostidagi tuproqni, qo'llanilgan qurilish materiallarini, konstruktsiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik kommunikatsiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Inspektsiya va hududiy inspektsiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn27-modda. O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining hamda uning hududiy inspektsiyalarining vakolatlari
(27-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.