Shaharsozlik kodeksi

13-modda. Shaharsozlik faoliyati ob'yektlari

O'zbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob'yektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) shaharsozlik faoliyati ob'yektlaridir. Shaharsozlik faoliyati ob'yektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.