Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
shaxsga doir ma'lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
shaxsga doir ma'lumotlar sub'yekti (sub'yekt) — shaxsga doir ma'lumotlar o'ziga taalluqli bo'lgan jismoniy shaxs;
shaxsga doir ma'lumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir ma'lumotlar mavjud bo'lgan axborot tizimi tarzidagi ma'lumotlar bazasi;
shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish bo'yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
shaxsga doir ma'lumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
shaxsga doir ma'lumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir ma'lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo'lgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
uchinchi shaxs — sub'yekt, mulkdor va (yoki) operator bo'lmagan, ammo shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bo'yicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bog'liq bo'lgan har qanday shaxs.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
4-modda. Asosiy tushunchalar
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Shaxsga doir ma'lumotlar — bu biror odamni aniqlash yoki uning haqida ma'lumot beradigan har qanday axborot. Masalan, ism-sharifi, pasport raqami, telefon nomeri yoki manzili. Bu ma'lumotlar kompyuterda, qog'ozda yoki boshqa joyda saqlanishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu tushunchalar O'zbekiston qonunida shaxsga doir ma'lumotlarni qanday saqlash, ishlatish va himoya qilish kerakligi haqida aytiladi.
Amalda
Agar siz bank kartasiga ro'yxatdan o'tganingizda o'z ism-sharifingiz, telefon raqamingiz va manzilni bergan bo'lsangiz, bu barcha ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlar hisoblanadi. Bank bu ma'lumotlarni saqlash va faqat zarur hollarda ishlatish majburiyatida.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.