«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

3-modda. Ushbu Qonunning qo'llanilish sohasi

(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан учинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)

Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chog'ida qo'llaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qat'i nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi: jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga shaxsiy va maishiy maqsadlarda ishlov berish; Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish; davlat sirlarini tashkil etadigan ma'lumotlar hamda mudofaa va milliy xavfsizlik masalalariga taalluqli ma'lumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish; tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.