«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

20-modda. Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi

(20-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 26 мартдаги ЎРҚ-1125-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1125/0278-сон)

Ushbu Qonun 27¹-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalari Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim. Shaxsga doir ma'lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazish ariza berish printsipi orqali xabardor qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shaxsga doir ma'lumotlar bazasini Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazish haqidagi ariza vakolatli davlat organiga beriladi. O'z tarkibida: jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (a'zolariga) taalluqli bo'lgan hamda tegishincha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan; sub'yekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qo'yilgan; sub'yektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini o'z ichiga olgan; sub'yektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga o'xshash maqsadlar uchun zarur bo'lgan; avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan; avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan; mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlar mavjud bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalari ro'yxatdan o'tkazilmaydi. Mulkdor va (yoki) operator tegishli shaxsga doir ma'lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning har bir o'zgarishi to'g'risida vakolatli davlat organini bunday o'zgarish yuzaga kelgan kundan e'tiboran o'n kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.