Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish ushbu Qonunning asosiy printsiplariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
sub'yekt bu ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik berganda;
sub'yekt taraf bo'lgan shartnomani bajarish uchun bu ma'lumotlarga ishlov berish yoki shunday shartnoma tuzilguniga qadar sub'yektning so'roviga binoan choralar ko'rish zarur bo'lganda;
mulkdor va (yoki) operatorning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu ma'lumotlarga ishlov berish zarur bo'lganda;
sub'yektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu ma'lumotlarga ishlov berish zarur bo'lganda;
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun bu ma'lumotlarga ishlov berish zarur bo'lganda;
shaxsga doir ma'lumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda;
agar bu ma'lumotlar hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalardan olingan bo'lsa.
Sub'yektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish zarur bo'lgan taqdirda, bu ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik olish mumkin bo'lgan paytga qadar sub'yektning roziligisiz yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
18-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish shartlari
(18-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.