«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

12-modda. Shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish

Mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir ma'lumotlar bilan harakatlar shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanishdir. Mulkdor, operator va uchinchi shaxs tomonidan shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish bu ma'lumotlarning zarur darajada himoya qilinishini ta'minlash sharti bilan faqat ushbu shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish bo'yicha ilgari bildirilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan xodimlari tomonidan shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish faqat ularning o'z kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan xodimlari o'ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli ma'lum bo'lib qolgan shaxsga doir ma'lumotlarning oshkor etilishiga yo'l qo'ymasligi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.