«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

34-modda. Zararni to'lash

(34-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Neustoyka (jarima, penya) to'laganligidan qat'i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o'zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi. Yetkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yo'qolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim bo'lgan xarajatlar, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin bo'lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi. Muddatini o'tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o'zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) to'lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.