«Reklama to'g'risida»gi qonun

9-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ma'muriy-hududiy birliklar doirasida: reklamaning aylanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda vakolatli davlat organiga ko'maklashadi; reklamaning aylanishi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish uchun taklif etilayotgan yer uchastkalarining, binolarning va inshootlarning ro'yxatlarini shakllantiradi; davlat mulki bo'lgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish huquqini olish uchun yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auktsionlar asosida tanlovlar o'tkazadi; reklamaga oid faoliyat sub'yektlariga tashqi reklama ob'yektlaridan foydalanish bilan bog'liq hujjatlar va materiallarni belgilangan muddatlarda taqdim etishga doir so'rov yuboradi; qonunchilikka muvofiq tashqi reklama va axborot ob'yektlarining (konstruktsiyalarining) reklama joylari pasportini beradi hamda mulkchilik shaklidan qat'i nazar yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga, tashqi reklama hamda axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish uchun shartnomalar tuzadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.