Energetik ichimliklarning reklamasida, har bir holda, bunday ichimliklarni haddan ziyod iste'mol qilishning zarari to'g'risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo'lishi kerak.
Energetik ichimliklarning reklamasi:
energetik ichimliklarni iste'mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi;
sportda yutuqlarga erishgan insonlarning tasvirini o'z ichiga olmasligi;
energetik ichimliklarni iste'mol qilish reklamadan foydalanuvchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.
Quyidagilar taqiqlanadi:
soat 7.00 dan soat 22.00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;
energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar o'rtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;
voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;
asosan voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan bo'lsa;
voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko'rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o'yinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
asosan bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta'lim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish;
energetik ichimliklardan foydalanilgan holda rag'batlantiruvchi aktsiyalar o'tkazish.
lex.uz’dagi asl matn37-modda. Energetik ichimliklarning reklamasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.