Tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qo'llaniladigan vositalar, shuningdek axborotni aholiga yetkazish vazifasini bajaruvchi texnik vositalar (konstruktsiyalar) (pilonlar, ko'chma reklama konstruktsiyalari (ustun, plakat), prizmatronlar, proyektsiyaviy konstruktsiyalar, bilbordlar, videoekranlar, elektron displeylar va boshqa texnik vositalar) tashqi reklama va axborot ob'yektlaridir (konstruktsiyalaridir).
Tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari):
yer uchastkalariga;
binolarning, inshootlarning yoki ular majmualarining sirtiga (tomiga, old tomoniga, devorlariga);
ko'priklarga va yo'l o'tkazgichlarga;
jamoat transporti bekatlariga, shahar muhiti elementlariga (parkinglar, tumbalar, taksofonlarga va boshqalarga);
muayyan hududdagi (shahar muhiti) tashqi infratuzilmaning boshqa ob'yektlariga o'rnatilishi mumkin.
Aholining shahar doirasidagi yashash va (yoki) faoliyat yuritish muhiti shahar muhiti jumlasiga kirib, u ishlab chiqarish, ijtimoiy, muhandislik, transport infratuzilmalarining moddiy ob'yektlarini, havo va yer osti makonini (metropoliten infratuzilmasidan tashqari) o'z ichiga oladi hamda tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish maqsadlari uchun tijorat ahamiyatiga ega bo'ladi.
Tashqi reklama va axborotni joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus mo'ljallangan hamda foydalaniladigan texnik vositalarni o'rnatish yoki tashqi reklama va axborotni joylashtirish uchun maxsus mo'ljallanmagan texnik vositalarga joylashtirish (tarqatish) tashqi reklama va axborot ob'yektini (konstruktsiyasini) o'rnatish hisoblanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) joylashtirish uchun yer uchastkasining tijorat qiymatini aks ettiruvchi hududlarning zonalar bo'yicha taqsimotini, o'rnatiladigan tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) orasidagi masofalar normativlarini tasdiqlaydi, yuqori texnologiyali tashqi reklama va axborot ob'yektlarining (konstruktsiyalarining) yangi turlari o'rnatilishi hamda ulardan foydalanilishini rag'batlantirish tartibini belgilaydi, tashqi reklamani o'rnatganlik uchun yig'imlar to'lanishi ustidan nazoratni, reklama joylari pasportlarining reyestri yuritilishini amalga oshiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini), mulk shaklidan qat'i nazar, yer uchastkalariga, shuningdek binolarga yoki boshqa ko'chmas mulkka o'rnatish chizmalarini tasdiqlaydi.
Tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish chizmasi shaharsozlik rejalashtirish hujjatlariga muvofiq bo'lishi hamda mavjud binolarning tashqi me'moriy qiyofasiga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta'minlashi hamda reklama konstruktsiyalarining turlari va shakllari, axborot maydonlarining sathi hamda reklama konstruktsiyalarining texnik tavsiflari ko'rsatilgan holda reklama konstruktsiyalarini o'rnatish xaritalarini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.
Tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish chizmasi va unga kiritiladigan o'zgartishlar vakolatli davlat organi bilan oldindan kelishib olinishi lozim.
Tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatish chizmasi hamda unga kiritiladigan o'zgartishlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Internet jahon axborot tarmog'idagi rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn23-modda. Tashqi reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Tashxi reklama va axborot ob'yektlari — bu ko'chada, binolarda, yo'llarda va boshqa joylarida reklama va ma'lumot ko'rsatish uchun o'rnatilgan maxsus qurilmalar. Bilbordlar, videoekranlar, plakat ustunlari, prizmatronlar va shunga o'xshash texnik vositalar shu ob'yektlarga kiradi.
**Kimga tegishli**
Tashxi reklama va axborot ob'yektlarini o'rnatish va nazorat qilish hokimlik va mahalliy hokumatlarga tegishli.
**Amalda**
Agar siz ko'chada yangi bilbord o'rnatmoqchi bo'lsangiz, avval hokimlikka chizma taqdim etishingiz, uning xavfsizlik va me'moriy talablarni qondanishini tekshirtishingiz kerak. Chizmani tasdiqlangandan so'ng, belgilangan joyga reklama qurilmasini o'rnatasiz.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.