Qimmatbaho sovrinlar tarqatiladigan va (yoki) o'ynaladigan rag'batlantiruvchi aktsiyalarni yoxud ushbu aktsiyalarda ishtirok etish uchun reklamadan foydalanuvchi tomonidan biror-bir harakatlar amalga oshirilishini nazarda tutadigan rag'batlantiruvchi aktsiyalarni o'tkazish chog'ida reklama beruvchi rag'batlantiruvchi aktsiyani o'tkazish boshlanguniga qadar ommaviy axborot vositalarida va (yoki) erkin foydalaniladigan Internet jahon axborot tarmog'idagi axborot resurslarida aktsiyada ishtirok etish shartlarini e'lon qilishi shart.
Rag'batlantiruvchi aktsiyalarni o'tkazish shartlarining e'loni quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
rag'batlantiruvchi aktsiyani o'tkazish qoidalarini, uni o'tkazish muddatlari, sovrinlar va yutuqlarning nomi, miqdori, ularni olish joyi hamda tartibi ko'rsatilgan holda, shuningdek rag'batlantiruvchi aktsiyani o'tkazish shartlariga taalluqli boshqa har qanday axborotni;
reklama beruvchining nomini, manzilini, aloqa bog'lashga doir ma'lumotlarini (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqa ma'lumotlarni);
rag'batlantiruvchi aktsiya tashkilotchisining yuridik nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), aloqa bog'lashga doir ma'lumotlarini (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqa ma'lumotlarni).
Ishtirok etish shartlari Internet jahon axborot tarmog'idagi axborot resurslarida e'lon qilingan taqdirda, e'lon rag'batlantiruvchi aktsiya tugaganidan keyin kamida olti oy davomida erkin foydalanish uchun ochiq bo'lishi kerak.
Rag'batlantiruvchi aktsiyalar tovarlarni bepul tarqatish va raqobatdosh tovarlarga (bundan ushbu Qonunda reklama qilinishi taqiqlangan tovarlar mustasno) ayirboshlash yoki xizmatlar ko'rsatish bilan birga amalga oshirilishi mumkin.
Rag'batlantiruvchi aktsiyalar doirasida qimmatbaho sovrinlar o'ynalishi quyidagi hollarda lotereya hisoblanmaydi, basharti:
mukofot fondi, shuningdek rag'batlantiruvchi aktsiya o'tkazilishini tashkil etish xarajatlari rag'batlantiruvchi aktsiya ishtirokchilarining to'g'ridan-to'g'ri pul badallari hisobiga yoki chiptalar sotish va reklama beruvchining reklama qilinayotgan tovari bilan bog'liq bo'lmagan boshqa nominal birliklar hisobidan shakllantirilmagan bo'lsa;
rag'batlantiruvchi aktsiyada ishtirok etish faqat reklama xususiyatiga va reklama beruvchining reklama qilinayotgan tovari sotilishini ko'paytirish maqsadiga ega bo'lsa.
Rag'batlantiruvchi aktsiyalar o'tkazilishi to'g'risidagi axborotda yutuqni olish ehtimolini oshirib ko'rsatuvchi iboralar bo'lmasligi kerak.
Tegishli mukofot fondi mavjud bo'lmagan holda rag'batlantiruvchi aktsiyalarni tashkil etish va o'tkazish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn21-modda. Rag'batlantiruvchi aktsiyalarni tashkil etish va o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.