Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar yoki ularning manfaatlarini ko'zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirish, shu jumladan quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:
raqobatchini obro'sizlantirish, ya'ni raqobatchi xo'jalik yurituvchi sub'yektning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi yoki uning ishchanlik obro'siga putur yetkazishi mumkin bo'lgan, u sotuvga taklif qilayotgan tovarning sifati va iste'mol xossalari to'g'risida, mazkur tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari haqida, undan foydalanishdan kutilayotgan natijalar to'g'risida, tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi haqida, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan uning narxi to'g'risida yolg'on, noaniq yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni tarqatish;
noto'g'ri taqqoslash, ya'ni raqobatchi xo'jalik yurituvchi sub'yektni yoki uning tovarini tovarning ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi so'zlardan yoki ramzlardan tovarning xolisona tasdiqqa ega bo'lgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini ko'rsatmagan holda foydalanib taqqoslash;
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste'mol xossalari, narxi va sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste'molchilarni chalg'itish;
raqobatchi xo'jalik yurituvchi sub'yektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo'lgan mutlaq huquqini olish orqali avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
tijorat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni, shu jumladan fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xo'jalik yurituvchi sub'yektning kirishiga to'sqinlik qilishga yoki uni bozordan chetlashtirishga olib keluvchi harakatlarni sodir etish.
lex.uz’dagi asl matn21-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
(21-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)
Oddiy tilda
INSOFSIZ RAQOBATNI TAQIQLASH
Nimani anglatadi
Insofsiz raqobata — bu sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi raqobatchisiga nisbatan qonunga zid harakatlar. Bunga yolg'on ma'lumot tarqatish, tovarni noto'g'ri taqqoslash, sirlarni o'g'irlash yoki bozordan siqib chiqarish kiradi. Bunday harakatlar iste'molchilarga zarar yetkazadi va halol savdoni buzadi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha xo'jalik yurituvchi sub'yektlar — kompaniyalar, do'konlar, ishlab chiqarish muassasalari va ularning manfaatdorlari uchun majburiy.
Amalda
Masalan, bir kompaniya raqobatchisining tovarini "zararli" deb yolg'on reklama qilsa yoki uning tijorat sirini o'g'irlasa, bu qonunga zid. Shunday harakatlar uchun jarima va sud jazolanishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.