«Qurol to'g'risida»gi qonun

40-modda. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati

(40-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari o'z vakolatlari doirasida: fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalar va ruxsatnomalar berish; litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish; litsenziyalar va ruxsatnomalarning talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirishlar chog'ida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur axborotni so'rab olish; qurol va uning o'q-dorilari ishlab chiqariladigan, ta'mirlanadigan, realizatsiya qilinadigan, saqlanadigan hamda yo'q qilinadigan joylarda ularni ko'zdan kechirish; tekshirishlar natijalari asosida litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlarining aniq buzilishlarini ko'rsatgan holda dalolatnomalar tuzish; litsenziyalar va ruxsatnomalar egalari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini to'xtatib turish, qayta tiklash, litsenziyalar va ruxsatnomalarni bekor qilish yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ularni bekor qilish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Fuqaroviy qurolni saqlash tartibiga rioya etilishini tekshirish ichki ishlar organlarining profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan bir yilda kamida bir marta amalga oshirilishi kerak. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati boshqa organlar tomonidan ham o'z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.