Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari davlat kadastri (bundan buyon matnda Qurol kadastri deb yuritiladi) O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan yuritiladi va nashr etiladi hamda u fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari to'g'risidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan rasmiy to'plamdir.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari to'g'risidagi ma'lumotlar sertifikatlashtirishning ijobiy natijalari asosida Qurol kadastriga kiritiladi.
Qurol kadastriga tig'li sovuq qurol va uloqtirish quroli to'g'risidagi, yagona nusxalari O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan fuqaroviy va xizmat o'qotar quroli haqidagi ma'lumotlar kiritilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
38-modda. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari davlat kadastri
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.