«Qurol to'g'risida»gi qonun

33-modda. Fuqaroviy va xizmat quroli muomalasi sohasida ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig'im

(33-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yishga, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) berish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilganligi va ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig'im undiriladi. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza ko'rib chiqilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig'im summalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisobvarag'iga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.