«Qurol to'g'risida»gi qonun

31-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga fuqaroviy qurolni hamda uning o'q-dorilarini olib kirish va O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O'zbekiston Respublikasi hududida saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish

(31-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud bo'lgan yuridik shaxsning taklifnomasi, ushbu yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma yoki sport tadbirlarida ishtirok etish uchun taklifnoma mavjud bo'lgan hamda fuqaroviy qurol muomalasiga ushbu Qonunda nazarda tutilgan cheklovlarni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnoma mavjud bo'lgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi hududiga ov va sport qurolini hamda uning o'q-dorilarini olib kirishi mumkin. Olib kirilgan ov va sport quroli hamda uning ishlatilmagan o'q-dorilari shartnomada yoki taklifnomada belgilangan muddatlarda O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasida turgan davrda fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qurol olish uchun berilgan ruxsatnomalarga ko'ra saqlashi mumkin. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ushbu Qonunda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga o'zini o'zi himoya qilish qurolini olib kirish taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi hududidan fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini olib chiqish muddatlarining, shuningdek ularni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ulardan O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish tartibining buzilishi ularning olib qo'yilishiga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.