O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'z mulkidagi fuqaroviy qurolni hamda uning o'q-dorilarini ichki ishlar organlarining fuqaroviy qurolni realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalari asosida, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar orqali sotish huquqiga ega.
Fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini meros qilib olish merosxo'rda mazkur turdagi qurolni olishga doir ruxsatnoma mavjud bo'lgan taqdirda, qurol ichki ishlar organlarida qayta ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng amalga oshiriladi. Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish rad etilgan taqdirda, fuqaroviy qurol fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinishi yoki ichki ishlar organlariga tekin asosda topshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
18-modda. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurolni hamda uning o'q-dorilarini sotish, meros qilib olish
(18-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.