O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va maxsus xizmat vazifalariga ega bo'lgan yuridik shaxslarning xodimlari ichki ishlar organlarining yo'llanmalari bo'yicha quyidagi tartibda davlat sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida (bundan buyon matnda tibbiyot muassasalari deb yuritiladi) qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan o'tishi kerak:
O'zbekiston Respublikasining birinchi marta qurol va uning o'q-dorilarini olayotgan fuqarolari, shuningdek qurolni saqlashga va olib yurishga, kollektsiyalashga yoki ko'rgazmaga qo'yishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirishda — doimiy yashash joyi bo'yicha tibbiyot muassasalarida;
yuridik shaxsning qurol va uning o'q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini ta'minlash majburiyatlari o'z zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqidan foydalanadigan xodimlari qurolni saqlashga va (yoki) olib yurishga doir ruxsatnomalarni olishda hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirishda — doimiy yashash joyi bo'yicha tibbiyot muassasalarida yoxud maxsus xizmat vazifalariga ega bo'lgan yuridik shaxs va tibbiyot muassasasi o'rtasidagi shartnomaga muvofiq belgilangan tibbiyot muassasalarida.
Ichki ishlar organlarining tibbiy tekshiruvdan o'tishga doir yo'llanmasining amal qilishi muddati u berilgan kundan e'tiboran o'n kunni tashkil etadi.
Tibbiy tekshiruv ushbu Qonunning 1 va 2-ilovalarida ko'rsatilgan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasining qurolni va uning o'q-dorilarini birinchi marta olayotgan yoki qurolni saqlash va olib yurishga, kollektsiyalashga yoxud ko'rgazmaga qo'yishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirayotgan fuqarosining doimiy yashash joyi bo'yicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar doimiy yashash joyi bo'yicha ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarida hisobda turishi bo'yicha tekshiriladi.
Davlat sog'liqni saqlash organlarining tibbiy tekshiruvdan o'tkazishni amalga oshirishga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalari ro'yxati, tibbiy tekshiruvni o'tkazganlik uchun tariflarning miqdorlari va tibbiy tekshiruv natijalariga doir xulosaning shakli O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
13¹-modda. Qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv
(13¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.