O'zbekiston Respublikasining yigirma besh yoshga to'lgan fuqarolari fuqaroviy ov qurolini va uning o'q-dorilarini olish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasining o'n sakkiz yoshga to'lgan fuqarolari fuqaroviy sport qurolini va o'zini o'zi himoya qilish qurolini olish huquqiga ega.
Ov quroli va uning o'q-dorilari O'zbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari tomonidan olinishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan, uning egaligida turgan soyli stvolli o'qotar ov qurolining umumiy soni uchtadan, pnevmatik ov qurolining umumiy soni uchtadan, silliq stvolli o'qotar qurolning umumiy soni beshtadan oshmasligi kerak, bundan mazkur qurol turlari kollektsiyalash yoki ko'rgazmaga qo'yish ob'yektlari bo'lgan hollar mustasno.
Bittadan ortiq har bir soyli stvolli o'qotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli o'qotar ov quroliga egalik qilganlik uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi, bundan mazkur qurol turlari kollektsiyalash yoki ko'rgazmaga qo'yish ob'yektlari bo'lgan hollar mustasno.
O'zbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari ovchilikka bog'liq kasbiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan yoki kamida o'n yil davomida mulkida avtomatik bo'lmagan (bir zaryadlovchi) silliq stvolli o'qotar ov quroliga ega bo'lgan bo'lsa hamda ularda ov qilish qoidalarini yoki qurol muomalasini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar mavjud bo'lmasa, soyli stvolli o'qotar ov qurolini, shu jumladan aralash o'qotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli o'qotar ov qurolini va uning o'q-dorilarini, o'qdon (baraban) sig'imi to'rt dona patrondan ortiq bo'lgan silliq stvolli o'qotar ov qurolini, shuningdek og'iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to'qqiz millimetrdan ortiq bo'lgan pnevmatik ov qurolini olish huquqiga egadir.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi bo'yicha ichki ishlar organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
arizani;
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o'qish bo'yicha maxsus qisqa muddatli kurslarda o'qitilganligi to'g'risidagi guvohnomani;
ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasini (ov qurolini olish uchun);
ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasini (soyli stvolli o'qotar ov qurolini, yarim avtomat silliq stvolli o'qotar ov qurolini yoki o'qdon (baraban) sig'imi to'rt dona patrondan ortiq bo'lgan silliq stvolli o'qotar ov qurolini, shuningdek og'iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to'qqiz millimetrdan ortiq bo'lgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);
otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sportchi guvohnomasini (sport qurolini olish uchun).
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza ichki ishlar organlari tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosi doimiy yashash joyi o'zgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan kundan e'tiboran o'n kun muddat ichida tegishli ichki ishlar organiga o'ziga tegishli fuqaroviy qurolni qayta ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishi shart.
O'zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolariga fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berilmaydi:
ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan yoshga to'lmaganlarga;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlarga;
ushbu moddaning yettinchi qismida sanab o'tilgan hujjatlarni taqdim etmaganlarga yoki taqdim etilgan hujjatlarida noto'g'ri yoxud buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar mavjud bo'lganda;
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 103, 103¹, 104, 105, 110, 112, 118, 119-moddalarida, 126¹-moddasining to'rtinchi — sakkizinchi qismlarida, 130¹, 135, 137, 138, 142-moddalarida, 145-moddasining uchinchi qismida, 150, 151, 152, 153, 154, 154¹, 155, 155¹, 155², 155³, 156, 157, 158, 159, 160, 161, 164, 165, 166-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining «v» va «g» bandlarida, uchinchi qismining «a» va «g» bandlarida, to'rtinchi qismining «b» va «v» bandlarida, 171-moddasi uchinchi qismining «b» va «v» bandlarida, 173-moddasi ikkinchi qismining «a», «b» bandlarida va uchinchi qismida, 202-moddasi uchinchi qismining «a», «g», «d» va «j» bandlarida, 204-moddasining ikkinchi qismida, 216, 216¹, 216², 217, 218, 219, 220, 221, 222-moddalarida, 223-moddasi ikkinchi qismining «a», «b» va «v» bandlarida, 226, 229², 235, 242, 244, 244¹, 244², 244³, 245, 246, 247, 248, 249, 252, 254, 255¹, 264-moddalarida, 267-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273, 274, 276, 276⁴, 276⁵, 276⁶, 276⁷-moddalarida, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 278-moddasining ikkinchi qismida, 279-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 280-moddasining ikkinchi qismida, 281-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 282-moddasida, 283-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 285, 286-moddalarida nazarda tutilgan qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlarga sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti qo'llanilganligidan keyin o'n yil davomida;
qasddan jinoyatlar sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmaganlarga yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlarga, bundan ushbu qismning beshinchi xatboshisida ko'rsatilganlar mustasno;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarda fuqarolarga nisbatan ekstremistik faoliyatning, shuningdek shaxslarning hayoti va sog'lig'iga haqiqiy tahdid soluvchi faoliyatning belgilari mavjud bo'lgan g'ayriqonuniy harakatlar to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lganda;
jinoiy jazoni o'tayotganlarga;
doimiy yashash joyiga yoki qurol va uning o'q-dorilari but saqlanishini ta'minlaydigan saqlash sharoitlariga ega bo'lmaganlarga;
o'ziga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganlarga;
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 185, 220, 220¹ va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilganlarga;
jamoat tartibiga, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik yoki ov qoidalarini buzganlik, shuningdek badanga yengil shikast yetkazganlik va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g'ayriqonuniy ravishda tayyorlaganlik, olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo'natganlik uchun bir yil davomida takroran ma'muriy javobgarlikka tortilganlarga;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazgan va (yoki) zo'ravonlik sodir etganlarga, bolalarga nisbatan zo'ravonlik sodir etganlarga — himoya orderida qurol olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqni taqiqlash nazarda tutilgan hollarda (himoya orderining amal qilishi yoki unda ko'rsatilgan muddat davrida);
ushbu Qonunning 2-ilovasida ko'rsatilgan fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud bo'lganda;
ruhiy holatning buzilishlari va (yoki) narkologik kasalliklar sababli dispanser hisobida turgan yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslar ushbu fuqarolarning doimiy yashash joyi bo'yicha birgalikda yashayotganda.
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o'qitish bo'yicha maxsus qisqa muddatli kurslarda o'qitish tartibi va maxsus kurslarda o'qitilganlik to'g'risidagi guvohnomaning shakli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning doimiy yashash joyi bo'yicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlarida va boshqa shaxslarda ushbu modda o'ninchi qismining uchinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda ham berilmaydi.
Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari bu haqda arizachini rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini va arizachi ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddatni ko'rsatgan holda, qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini (bundan o'zini o'zi himoya qilish quroli mustasno) birinchi marta olayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi yuzasidan tekshiruvdan o'tishi shart, ushbu birlashma va yuridik shaxslar quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tegishli tekshiruvdan o'tkazilganlik to'g'risidagi hujjatlarni beradi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
13-modda. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini olish
(13-моддаси ўнинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.