«Qurol to'g'risida»gi qonun

11-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini olish va ro'yxatdan o'tkazish tartibi

(11-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

Ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi — o'ninchi xatboshilarida ko'rsatilgan sub'yektlar ichki ishlar organlarining amal qilish muddati uch oylik bo'lgan ruxsatnomalari asosida fuqaroviy va xizmat qurolini olish huquqiga ega. Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma unda ko'rsatilgan qurolni hamda uning o'q-dorilarini olish, ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazilguniga qadar ularni tashish va saqlash huquqini beradi. Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o'q-dorilarini olib yurish va qo'llash huquqini bermaydi. Quyidagilarni olish ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi: signal beruvchi qurolni va tig'li sovuq ov qurolini — maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar hamda ovchilik sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan olish; signal beruvchi qurolni, tig'li sovuq ov qurolini hamda tig'li sovuq va uloqtirish sport qurolini — qurolni realizatsiya qilish bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan olish; tig'li sovuq va uloqtirish sport qurolini — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan olish; tig'li sovuq ov qurolini, o'qotar ov qurolining va pnevmatik qurolning o'q-dorilarini — O'zbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari tomonidan olish; Fuqaroviy va xizmat quroli olingan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak, bundan ichki ishlar organlarining ruxsatnomasisiz olinadigan qurol va uning o'q-dorilari mustasno. Qurol ichki ishlar organlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilganda qurolni realizatsiya qilish bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxsning realizatsiya qilingan qurol belgilari (turi, xili, modeli, zavod seriyasi va raqami, chiqarilgan yili) ko'rsatilgan holda qurolni olishga doir ruxsatnoma asosida amal qilish muddati uch yil bo'lgan ruxsatnomalar quyidagilarga beriladi: maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarga, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga — qurolni saqlash uchun; O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga — qurolni saqlash va olib yurish uchun; qurolni kollektsiyalash yoki ko'rgazmaga qo'yish bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar va fuqarolarga — qurolni kollektsiyalash yoki ko'rgazmaga qo'yish uchun. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini olishga, saqlashga, saqlashga va olib yurishga, kollektsiyalashga, ko'rgazmaga qo'yishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Tig'li sovuq ov qurolini va signal beruvchi qurolni, o'qotar ov qurolining o'q-dorilarini ro'yxatdan o'tkazish O'zbekiston Respublikasi fuqarosining ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasida amalga oshiriladi. Ovchilik guvohnomasidagi ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi ma'lumotlar mazkur qurolni olish qonuniy ekanligining tasdig'i bo'ladi hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga uni saqlash, olib yurish, tashish va undan foydalanish huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.