Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning hamda ulardagi ma'lumotlarning qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi;
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganligi;
qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan yig'imlarning to'lanmaganligi;
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining yo'qligi.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining qarorida ko'rsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga ko'ra emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
9-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish
(9-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.