Hujjatsiz qimmatli qog'ozga bo'lgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvarag'i bo'yicha tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e'tiboran o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.
Nettingdan foydalanilganda qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlar o'tishining o'ziga xos xususiyatlari qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qog'ozga bo'lgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qog'oz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran o'tadi.
Qimmatli qog'oz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qog'ozga bo'lgan huquqlar o'tgan paytdan e'tiboran oluvchiga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
37-modda. Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarning o'tishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.