«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun

29-modda. Investitsiya fondining faoliyati

(29-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)

Investorlarning pul mablag'larini va qo'yilmalarini investitsiya aktivlariga jalb qilish maqsadida aktsiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aktsiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o'zgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Investitsiya fondi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi va investitsiya fondining faoliyati qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan o'z vakolatlari doirasida tartibga solinadi. Investitsiya fondi quyidagi huquqlarga ega emas: korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini, shuningdek imtiyozli aktsiyalarni chiqarish; fond sof aktivlarining 10 foizidan ortig'ini bir emitentning qimmatli qog'ozlariga yoki mas'uliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiyalash; to'lanishi lozim bo'lgan qarzning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolanadigan sanadagi holatga ko'ra investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablag'larini jalb etish. Kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak; kafil bo'lish, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qo'yish; tashkiliy-huquqiy shakli o'z ishtirokchilarining qo'shimcha javobgarligini nazarda tutadigan yuridik shaxslarning qimmatli qog'ozlariga investitsiyalarni amalga oshirish; investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarga investitsiyalarni amalga oshirish; boshqa investitsiya fondlarining aktsiyalarini olish va ularga ega bo'lish; umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirish, bundan qimmatli qog'ozlarga qo'yish mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.