«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

46-modda. Pensiya tayinlashni so'rab murojaat etilgan kun

(46-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)

Ariza qabul qilib olingan kun yoki so'rovnoma kelib tushgan kun pensiya tayinlashni so'rab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi. Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan yoki axborot tizimlarida zarur ma'lumotlar mavjud bo'lmagan hollarda, Pensiya jamg'armasi bo'limi murojaatchiga qo'shimcha ravishda qaysi hujjatlar yoki ma'lumotlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti ular qo'shimcha hujjatlar yoki ma'lumotlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e'tiboran uch oy ichida taqdim etilsa, pensiya tayinlanishi to'g'risidagi ariza yoki so'rovnoma qabul qilingan kun pensiya tayinlashni so'rab murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.