«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

35-modda. Boshqa davlatlardan ko'chib kelgan fuqarolarga pensiyalar hisoblab chiqarish

Boshqa davlatlardan ko'chib kelgan, O'zbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O'zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o'rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo'lmasa, o'rtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.