«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

31-modda. O'rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi

(31-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yildagi ish haqi olinadi. Bunda fuqaroning oxirgi o'n yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori axborot tizimidagi yoki fuqaro tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan avtomatik ravishda aniqlanadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o'tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so'rab murojaat etgan kishining xohishiga ko'ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to'liq bo'lmagan oylar to'liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi. Pensiya so'rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Mavsumiy ishlarda band bo'lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat'i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o'n yili davomidagi, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan, ketma-ket besh mavsumdagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o'n ikki baravaridan ortiq bo'lmagan miqdordagi o'rtacha oylik ish haqi olinadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz bo'lgan yoki ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlar umuman mavjud bo'lmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.