Ushbu Qonunning 26, 27 va 29-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
b) II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
g) ko'zi ojizlik bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
d) I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
ye) II guruh yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
z) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o'tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
k) O'zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. O'zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarning pensiyasiga ustama to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
l) yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo'lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
m) teatr-kontsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san'ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o'quv muassasalarining professor-o'qituvchilari va kontsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro'yxatga ko'ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
28-modda. Pensiyalarga ustama haqlar
(28-модданинг «к» банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 26 октябрдаги ЎРҚ-795-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.10.2022 й., 03/22/795/0963-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Pensiyalarga ustama haqlar — bu asosiy pensiya miqdoriga qo'shimcha ravishda beriladi. Muayyan kategoriyali fuqarolar (urush nogironlari, harbiy xizmatchilar, san'atchilar) o'z pensiyasiga bazaviy miqdorning foiziga ko'ra qo'shimcha pul oladi. Masalan, I guruh urush nogironi pensiyasiga 150% qo'shimcha haq qo'shiladi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq urush nogironlari, harbiy xizmatchilar, ularning oilasi a'zolari, san'atchilar va davlatga alohida xizmat ko'rsatgan shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Agar fuqaro II guruh urush nogironi bo'lsa va uning asosiy pensiyasi 500 ming so'm bo'lsa, ustama haq sifatida 125% qo'shimcha, ya'ni 625 ming so'm qo'shiladi. Jami pensiya 1 million 125 ming so'm bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.