«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

21-modda. Boquvchining pensiya olish huquqini beruvchi ish staji

Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat'i nazar tayinlanadi. Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo'lgan (17-modda) bo'lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog'liq bo'lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tayinlanadi. Boshqa mamlakatlardan ko'chib kelgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O'zbekiston Respublikasida ishlamagan bo'lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi: a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olgan oilalarga — boquvchisining ish stajidan qat'i nazar; b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to'xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo'lgan (17-modda) bo'lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat'i nazar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.