O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta'minlanish huquqiga egadirlar.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Ish stajiga ega bo'lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta'minlanish tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo'yadi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
1-modda. Fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga taalluqli huquqlari
(1-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 5 январдаги ЎРҚ-318-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 1-сон, 4-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.