Majburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)

I2-56-band. VII. Sug'urta tovonini to'lash — I2-56-band

Agar sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o'rnini sug'urtalovchining yozma roziligi bilan o'z hisobidan qoplasa, sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxs) yetkazilgan zararning o'rnini qoplash tartibida o'zi amalga oshirgan to'lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga sug'urta to'lovini to'laydi. Sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning o'rnini o'z hisobidan qisman qoplasa sug'urtalovchi sug'urta tovonining tegishli qismini sug'urta qildiruvchiga (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxsga), qolgan qismini esa — jabrlanuvchiga (uning merosxo'riga yoki huquqiy vorisiga) to'laydi. Quyidagilar yetkazilgan zarar o'rnini qoplash tartibida sug'urta qildiruvchi to'laganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi: sug'urta qildiruvchilar — yuridik shaxslar uchun — bankning to'lov amalga oshirilganligi to'g'risidagi belgisi qo'yilgan to'lov topshiriqnomasi nusxasi; sug'urta qildiruvchilar — jismoniy shaxslar uchun — jabrlanuvchining (uning merosxo'ri yoki huquqiy vorisining) sug'urta tovonini olganligi to'g'risidagi tilxati.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.