Jabrlanuvchining hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash va majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lov miqdori yetkazilgan zarar mavjudligini va miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasidan ma'lumotnoma yoki hayot va sog'liqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, dalolatnoma yoki o'lim to'g'risidagi guvohnoma) asosida hamda jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha va majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lovlar jadvaliga (keyingi o'rinlarda to'lovlar jadvali deb ataladi) muvofiq ushbu Qoidalarga 7-ilovaga* binoan aniqlanadi.
Agar hayot va sog'liqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilgan shikastlanish xarakteri to'lov jadvalida keltirilmagan bo'lsa, sug'urtalovchi to'lovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakterga muvofiqligini aniqlash uchun ushbu hujjatlarni bergan muassasaga yozma ravishda murojaat qiladi. Shikastlanish xarakterining to'lovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakteriga muvofiqligini aniqlashda shikastlanishning eng muvofiq xarakteri tanlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMajburiy avtosug'urta qoidalari (VM qarori №141, 2008)
I2-50-band. VI. Jabrlanuvchilarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilganda sug'urta tovoni miqdorini aniqlash — I2-50-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.